TADBIRKORLAR HUQUQI HIMOYADA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi rahbari D.Ayupov, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hakamlik sudi raisi A.Muhammedov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy himoyasini ta’minlashga katta e’tibor qaratilib, qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida soha yanada rivojlanayotganligini ta’kidladi.
Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi.
Seminarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi jamoat tashkilotlarining faolligini oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.
– Joriy yilning birinchi choragida Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 296 ta da’vo arizasi taqdim etildi, – deydi Toshkent shahar adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi S.Abdurahmonov. – Sohaga oid qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida 173 seminar va uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni, tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining huquqiy kafolati, huquqni muhofaza qilish organlarining bu boradagi faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.