Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TADBIRKORLAR HUQUQI ISHONCHLI HIMOYADA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TADBIRKORLAR HUQUQI ISHONCHLI HIMOYADA

Toshkentda “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning zamonaviy sud mexanizmlari: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzuida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sudi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat idoralari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Isoqov, Oliy sud raisining o‘rinbosari Qo‘chqor Tog‘ayev, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili o‘rinbosari Farid Karaxanov, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori milliy maslahatchisi Murod Xusanov va boshqalar O‘zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgani, sohadagi byurokratik to‘siqlar bartaraf etilayotgani natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi kafolatlangani, xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasiga olingani bunga mustahkam zamin yaratdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘proq erkinlik berish, sohadagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularga muvofiq davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvi qisqartirildi, xo‘jalik subyektlariga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalar tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni soha rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.

Mazkur xalqaro anjumanni o‘tkazishdan maqsad ham tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining sud orqali samarali himoya qilinishini ta’minlash, milliy qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, xalqaro hamkorlar bilan sohada fikr va tajriba almashish, ilg‘or xalqaro amaliyotdan kelib chiqib qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.

Xalqaro seminar ishtirokchilari mamlakatimizda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuksak samarali ishlar amalga oshirilayotgani, sohaga oid qonunlar targ‘ibоti doimo e’tiborda ekanini ta’kidladi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat nazoratining yangi mexanizmlari joriy etilgani alohida qayd etildi.

– O‘zbekiston bilan ko‘plab samarali qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka ko‘maklashish” dasturi direktori Yorg Pudelka. – Tadbirkorlarning samarali faoliyati iqtisodiyotning o‘sishiga, xalq farovonligining yanada oshishiga xizmat qiladi. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish sud orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu sohaga oid farmonidan barcha mamnun bo‘ldi. Bu O‘zbekistonga investitsiya kiritish jarayonini yanada faollashtirib, mamlakatingiz iqtisodiyotining izchil taraqqiy etishiga ulkan hissa qo‘shadi. Bunday xalqaro anjumanlar o‘zaro fikr va tajriba almashishga, ilg‘or xalqaro amaliyotni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.

Xo‘jalik sudlari faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bugungi kunda sud xarajatlarini avtomatik tarzda hisoblash elektron dasturini yaratish, sud majlisi jarayonlarini audio qayd etish va sud ijro hujjatlarini elektron shaklda yuborish amaliyotini joriy etish ustida ish olib borilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 21-oktabrda imzolagan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Mazkur hujjat asosida sohada xalqimiz manfaatlariga, inson huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladigan chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda.

Seminar ishtirokchilari ushbu dasturiy hujjatning hayotga izchil tatbiq etilishi mamlakatimiz sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ular faoliyatiga doir kompleks tekshiruvlar tayinlanishidan avval huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari samaradorligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

– O‘zbekistonda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar tahsinga loyiq, – deydi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining yetakchi mutaxassisi Megan Gernes. – Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan katta e’tibori diqqatga sazovor. Mazkur seminar o‘zaro tajriba almashish, yangi taklif va tavsiyalar ishlab chiqish orqali soha taraqqiyotiga xizmat qilishi shubhasiz.

Xalqaro anjumanda mamlakatimiz va qator xorijiy davlatlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishning qonunchilik asoslari, tadbirkorlar huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish borasidagi islohotlarning mazmun va mohiyati, tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalariga oid mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

O’zA