TADBIRKORLAR UCHUN BOJXONA QULAYLIKLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qulaylik yaratishga qaratilayotgan e’tibor sohaning izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda.
Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xususiy mulkni xuquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
– Mazkur farmon bilan tadbirkorlarga bojxona sohasida ham yangi qulayliklar va yengilliklar joriy qilinmoqda, – deydi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati katta inspektori Husan Tangriyev. – Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida tadbirkorlarga 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona to‘lovlari bo‘yicha 13,3 trillion so‘m miqdorida imtiyozlar berildi.
Taqdim etilgan imtiyozlar mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan dasturlar ijrosi bo‘yicha chetdan olib kelingan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyolar va materiallarga qo‘llanilgan.
Farmon bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar” dasturining 24-bandi bilan 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab, tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan joylardan boshqa joylarda amalga oshirganlik uchun 1 nafar bojxona xodimining 1 soatlik ish vaqti uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida undiriladigan bojxona yig‘imi ikki baravarga kamaytirildi. O‘tgan 2016-yilda tovarlarning belgilangan joydan boshqa joyda o‘tkazilgan bojxona rasmiylashtiruvi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan 3,2 milliard so‘m miqdorida yig‘imlar undirilgan. 2017-yildan boshlab, bu kabi harajatlar teng yarmiga qisqarib, tejalgan mablag‘ tadbirkorning o‘z ixtiyorida qoladi.
Bugungi kunda bojxona organlari faoliyatiga jami 35 avtomatlashtirilgan axborot tizimlari joriy etilgan, shundan 22 tasi davlat axborot tizimi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, qolganlari ichki idoraviy axborot tizimlari hisoblanadi. Ushbu axborot tizimlarining yaxlit majmuasi bojxona to‘lovlari undiruvchanligini oshirish, rasmiylashtiruv jarayonlarini soddalashtirish, tovar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini tashkil etish, ehtimoliy xatoliklarni oldini olish va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 16 turdagi interaktiv xizmatlar amaliyotga joriy etilgan. Xususan, “Tovarlarni elektron deklaratsiya qilish” interaktiv xizmati tashqi savdo ishtirokchilari va deklarantlar uchun qulayliklar yaratmoqda, o‘z ish joyidan turib bojxona yuk deklaratsiyalari va unga ilova hujjatlarni elektron tayyorlash va internet orqali bojxona organlariga taqdim etish imkonini beradi. 2013-yilda jami bojxona yuk deklaratsiyalarining 39,2 foiz elektron tarzda taqdim etilgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 99,9 foizga yetgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yanada qulaylik yaratish, bojxona organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlarni yagona manzildan turib taqdim etish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham “Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim qilish” xizmati joriy qilingan.
Eng ommalashgan interaktiv xizmat turlaridan biri tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim qilish bo‘lib, tadbirkorlar endilikda shartnoma va boshqa tegishli hujjatlarni bojxona postiga qog‘oz ko‘rinishida olib kelishlariga hojat qolmadi. 2015-yilda jami shartnomalarning 99,9 foizi, ya’ni 137 mingdan ortiq shartnoma va ularga qo‘shimcha bitimlar elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
– Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasida eksport va import yuklarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan 20 turdan ortiq ruxsatnoma hujjatlarini internet yordamida, onlayn rejimida olish imkonini beruvchi “Yagona oyna” tizimi amaliyotga joriy qilindi, – deydi Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdusobir Saidov. – Ushbu tizim 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasida bojxona organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar sifatli va samarali bajarilishida muhim va hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
“Yagona oyna” axborot tizimi www.sw.customs.uz manzilida sinov tarzida ishga tushirildi.
Ayni paytda qo‘mitaning barcha hududiy boshqarmalari qoshida tadbirkorlik subyektlari va turli tadbirkorlik uyushmalari vakillaridan tarkib topgan jamoatchilik maslahat kengashlari tashkil qilinib, o‘z faoliyatini olib bormoqda. Mazkur kengashlar tadbirkorlik subyektlari bilan bojxona organlari o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, bojxona xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish va to‘sqinlik qilish holatlariga yo‘l quymaslik maqsadida tashkil qilingan.
O’zA