Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TADBIRKORLAR UCHUN QULAY AXBOROT TIZIMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TADBIRKORLAR UCHUN QULAY AXBOROT TIZIMI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida unifikatsiyalashtirilgan «Yagona oyna» bojxona axborot tizimining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda qo‘mita rahbarlari, Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakillari, poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘.Shukurov va boshqalar «Yagona oyna» axborot tizimining amaliyotga joriy qilinishi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasida Prezidentimiz tomonidan bojxona organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning tizimli ravishda sifatli va samarali bajarilishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt bojxona organlari faoliyati samaradorligini belgilaydigan asosiy xalqaro mezonlardan biridir. Uni qisqartirishga bojxona texnologik jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlarini keng joriy etish orqali erishish mumkin.

«Unifikatsiyalashtirilgan «Yagona oyna» bojxona axborot tizimini joriy etish yo‘li bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish» loyihasini amaliyotga joriy etish ishlari 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama bitim imzolangandan so‘ng boshlandi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi tomonidan 5,5 million AQSh dollari miqdorida grant mablag‘i ajratilgan.

2014-2016-yillar davomida Koreya Respublikasida loyiha doirasida tashkil etilgan treninglarda O‘zbekistondan o‘ttizga yaqin mutaxassis ishtirok etdi. Loyiha doirasida bojxona qo‘mitasi zaruriy server va boshqa texnik qurilmalar bilan ta’minlandi. «Yagona oyna» bojxona axborot tizimining dasturiy ta’minoti ishlab chiqilib, tegishli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

– Mazkur loyiha O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligining navbatdagi yorqin ifodasi bo‘ldi, – deydi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U. – O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun juda katta qulayliklar yaratilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalangan holda joriy etilgan ushbu loyiha ham mamlakatning istiqbolli qadamlaridan biridir. Eng muhimi, «Yagona oyna» tizimi ko‘magida har ikkala tomon faoliyatida ham o‘zaro ochiqlik yanada ortadi.

«Yagona oyna» axborot tizimining ahamiyati shundaki, ilgari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda, ya’ni tashqi savdo shartnomasini tuzishdan boshlab, tovarlarni jo‘natgunga yoki qabul qilgunga qadar tegishli ruxsatnomalar olish uchun bir nechta davlat organlariga murojaat qilishi va har bir idora uchun alohida hujjatlar to‘plamini tayyorlab taqdim etishi kerak edi. Bu ortiqcha vaqt sarflanishiga va moliyaviy xarajatlarning ko‘payishiga olib kelardi.

Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar” dasturida bojxona qo‘mitasi va bir qator idoralarga «Yagona oyna» idoralararo axborot tizimini joriy qilish belgilandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, «O‘zstandart» agentligi kabi qator vazirlik va idoralarni qamrab olgan mazkur tizim yordamida 20 dan ortiq ruxsatnoma hujjati, shu jumladan, muvofiqlik sertifikati, ekologik sertifikat, veterinar guvohnoma va boshqa hujjatlarni olish mumkin.

«Yagona oyna» idoralararo axborot tizimi tovarning kelib chiqish sertifikatini, veterinariya, fitosanitariya, ekologik, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik subyektlariga ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o‘tish jarayonini interaktiv kuzatish imkonini beradi.

– Biz havo yo‘llari orqali keladigan yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi bilan shug‘ullanamiz, – deydi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi mutaxassisi A.Alimov. – Ushbu tizim bu jarayonga ketadigan vaqtni tejab, moliyaviy xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

Mazkur tizim tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan eksport va import tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun bojxona organiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan barcha ruxsatnoma sertifikatlari va xulosalarini yig‘ish jarayonini tezlashtirish va bu ishlarga sarflanadigan vaqtni qisqartirish bilan mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar loyiha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldi.

O’zA