TADBIRKORLAR UCHUN YANADA QULAYLIK
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Prezidentimizning shu yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida mazkur farmon ijrosiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi R.Usmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotimizda xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ulushini izchil oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Farmonga muvofiq mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to‘rt yilda bir martadan, boshqa xo‘jalik subyektlarida esa faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi. Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar o‘tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi.
Bugungi kunda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 6132 tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 5015 nafari kichik biznes subyektidir. Tumanda “Toshkent lok bo‘yoq zavodi” qo‘shma korxonasi, “Maxsusenergogaz” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zneftgazinformatika” aksiyadorlik jamiyati, “Apartak” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Transyo‘lqurilish” davlat unitar korxonasi kabi yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2014-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 347 investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 103,7 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritildi. Investitsiya loyihalari sanoatning turli sohalari va xizmat ko‘rsatishda amalga oshirilishi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yuqori o‘sish sur’atini ta’minlaydi.
Tadbirda tadbirkorlarning savollariga mutasaddi idora va tashkilotlarning mas’ul xodimlari javob qaytardi.
MANBA: WWW.UZA.UZ