TADBIRKORLIK: IMKONIYAT VA ISTIQBOL
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan inshootlardan samarali foydalanish, ular negizida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali kichik biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir.
Iqtisodiyotni isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish mulkchilik shakli tuzilmasidagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq. Mamlakatimizda davlat obyektlarining izchil xususiylashtirilayotgani samarasida yangi mulkdorlar sinfi shakllandi, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi yaratildi. Sanoat korxonalarining aksariyat qismi mamlakatimiz va xorijiy xususiy kompaniyalar ixtiyoriga berildi. Bu qisqa muddat ichida yetakchi tarmoqlarni nafaqat qayta jihozlash, balki iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Prezidentimizning 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
– Mazkur qaror xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlar, birinchi navbatda, xorijiy sarmoyadorlarga sotish hisobidan iqtisodiyotda xususiy mulkning o‘rnini tubdan oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashni ta’minlash, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga xizmat qilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi M.Qo‘snazarov. – Faoliyatini to‘xtatgan yoki iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 183 davlat inshootining xususiylashtirilishi rejalashtirilgan. 22 aksiyadorlik jamiyati va xo‘jaliklarning Nizom jamg‘armasidagi davlat aktivlari va paylarini ochiq savdoga qo‘yish va xorijiy hamda mahalliy sarmoyadorlarga sotish belgilab olindi.
Tanlov asosida investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” qiymatda sarmoyadorlarga sotiladigan 41 davlat inshootining ro‘yxati tasdiqlandi. Davlat tomonidan korxona yoki ko‘chmas mulkning tadbirkorga bepul berilishi bu inshootni belgilangan muddatda ishga tushirish orqali o‘z ishini boshlab yuborishi uchun yaratilgan qulay imtiyozdir. Bunda qo‘yiladigan asosiy talab ushbu inshootga belgilangan muddatda investitsiya kiritish, asbob-uskuna keltirib o‘rnatish, rekonstruksiya ishlari yoki boshqa moddiy boyliklarni kiritish natijasida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishdan iboratdir.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 37 davlat inshooti “nol” qiymatda sarmoyadorlarga sotildi, ular tomonidan 21 milliard 960 million so‘mdan ziyod investitsiya kiritish hamda 797 yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Amudaryo tumanidagi “Mang‘it ip-yigiruv fabrikasi” korxonasi imoratlari investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda “Amudaryotex” qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga berilgan edi. Ayni paytda korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirilib, 250 muqim ish o‘rni yaratildi.
Mazkur qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ochiq savdo orqali 31 davlat obyekti sotilishi kerak. Ular auksion orqali yuridik yoki jismoniy shaxslarga, tadbirkorlik subyektlariga sotiladi. Hozirgacha bu obyektlarning 4 tasi tadbirkorlarga sotildi, qolgan 27 tasining sotilishi bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Muxtasar aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, bo‘sh turgan binolarni tadbirkorlik subyektlariga “nol” qiymatda berish orqali yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasida iqtisodiyotimizda ushbu sektorning ulushi tobora ortmoqda.
O‘zA