Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TADBIRKORNING ISHONCHLI HIMOYACHISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TADBIRKORNING ISHONCHLI HIMOYACHISI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-maydagi farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti ta’sis etildi. E’tiborli jihati, vakil institutining Prezidentimiz huzurida tashkil etilgani uning o‘z faoliyatini mustaqil holda amalga oshirishda keng imkoniyatlar yaratadi. Muhimi, bu institut davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan holda ish yuritadi.

Prezident farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan yangi qonun tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Qonun 28 moddadan iborat bo‘lib, unda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning maqomi, uni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi belgilangan. Vakil faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari, asosiy prinsiplari, uning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Vakilning huquqlari va majburiyatlari, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik tartibi hamda boshqa masalalar qamrab olingan.

Qonunga ko‘ra, vakil tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlaydi. U, o‘z navbatida, mazkur huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlovchi mansabdor shaxsdir.

Vakil o‘zining siyosiy partiyaga a’zoligini o‘z vakolatlari muddatiga to‘xtatib turishi yoki tugatishi shart. Ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonundan o‘rin olgan. Bu qonuniylik, adolatparvarlik, insonparvarlik, oshkoralik, ochiqlik, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi prinsiplaridir.

Vakil tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tadbirkorlik subyektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlaydi. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganadi. Qabul qilingan normativ-xuquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholaydi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlantirilishini rag‘batlantirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.

Vakil zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun beriladigan huquqlar alohida moddada ko‘rsatilgan. Qonunning 8-moddasiga asosan vakil tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining davlat organlari hamda tashkilotlar tomonidan og‘ishmay ijro etilishini o‘rganadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazishning qonuniyligi monitoringini amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashuv faktlarining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda ogohlantirishlar e’lon qiladi.

Qonun hujjatlari buzilishi aniqlanganda, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.

Vakil davlat organlari va boshqa tashkilotlardan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni so‘rashi hamda olishi mumkin. Zarur bo‘lgan hollarda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etib, ishchi guruhlar tuzish huquqiga ega.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qonunda nazarda tutilgan normalarning hayotga tatbiq etilishi davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida samarali muloqotni mustahkamlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rag‘batlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlariga barham berish imkoniyatini yaratadi.

O’zA