Taekvondochilarimiz sovrindorlar safida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoy Taypeyida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan o‘smirlar, kadetlar va paralimpiyachilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz 2 kumush va 9 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Yakkakurash muxlislari dastlab o‘smirlar o‘rtasidagi qiziqarli bellashuvlar guvohi bo‘ldi. Vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar bahsida hamyurtimiz Nigora Tursunqulova finalgacha bo‘lgan bahslarni o‘z foydasiga hal qilib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. 63 kilogrammgacha vazn toifasidagi qizlar o‘rtasida Vlada Pan bronza medal bilan taqdirlandi. O‘smirlar bahsida Niyoz Po‘latov, Shahboz Shofayziyev va Sayidolim No‘monov o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi, deya xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Kadetlar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etgan Madina Mannopova o‘z vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimizdan Jasur Zokirov, Behzod Ibrohimov, Abdulla Shomurodov va Durdonaxon Abdulhayeva bronza medalga loyiq topildi.
Paralimpiyachilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida vazni 61 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida Sanjarbek Muxtorov uchinchi o‘rinni egalladi.
"Jahon" AA