TAEKVONDOCHILARIMIZ TAQDIRLANDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasida Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda yuksak g‘alabalarga erishayotgan bir guruh sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi raisi B.Parpiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan taekvondo (WTF) ham jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.
Assotsiatsiya tomonidan sportchilarimizning zamonaviy me’yorlar asosida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va ularda munosib ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Natijada taekvondochilarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda.
Joriy yilgi sport mavsumi sportchilarimiz uchun juda muvaffaqiyatli bo‘lmoqda. May oyida Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz 1 oltin va 2 kumush medalga sazovor bo‘ldi. Chempionatda Dmitriy Shokin shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, Jasur Boyqo‘ziyev va Nikita Rafalovich o‘z vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Jahon chempionatida sovrinli o‘rinlarni egallagan Dmitriy Shokin, Jasur Boyqo‘ziyev va Nikita Rafalovich hamda ularni mazkur nufuzli musobaqaga munosib tayyorlagan terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Kim O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Hodiyev so‘zga chiqdi.
O‘zA