Taekvondochilarimizning medallari
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoy Taypeyida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida sportchilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda, deya xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Chempionatning o‘smir qizlar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Nigora Tursunqulova vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida Vlada Pan bronza medal bilan taqdirlandi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Shahboz Shofayziyev va Saidolim No‘monov ham o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.
"Jahon" AA