Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TAILANDDA SEMINAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TAILANDDA SEMINAR

Tailand Qirolligining Rangsit universitetida O’zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti mavzusiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. U mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil etildi.

Bizning ma’lumot: Rangsit universiteti Tailanddagi hisoblash texnikasi, ilm-fan, boshqaruv va loyihilashtirish sohalariga ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlaydigan xususiy oliy o’quv yurti hisoblanadi. Hozirgi paytda mazkur ilm dargohida bakalavriatning 92 yo’nalishida, magistraturaning 36 yo’nalishida hamda doktoranturaning 9 dasturi bo’yicha tahsil olib borilmoqda.

Rangsit universitetning rahbariyati, professor-o’qituvchilar tarkibi hamda talabalar ishtirokida o’tgan ushbu tadbirda seminar qatnashchilari O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, tadbir doirasida mamlakatimiz xalqining madaniyati, tarixi va sayyohlik salohiyati mavzularini qamrab olgan boy ma’lumotlar bo’lmasi ham tashkil etildi.

Taqdim etilgan dolzarb va qiziqarli ma’lumotlar uchun o’z minnatdorligini izhor etar ekan, ushbu universitet tizimidagi Diplomatiya va xalqaro tadqiqotlar institutining dekani Sompong Sanguanbun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlarga yuqori baho berdi.

— O’zbekiston dunyodagi shitob bilan rivojlanib borayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi, - dedi u. - O’zbeklar zamini necha-necha asrlar davomida madaniyat, ilm-fan va san’at markazi bo’lib kelgan. Bu o’lka jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo’shgan Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab alloma va mutafakkirlarga beshik bo’lgan.

“Jahon” AA, Bangkok