Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TALABALAR UCHUN ELEKTRON ARIZA YUBORISH XIZMATI ISHGA TUSHIRILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TALABALAR UCHUN ELEKTRON ARIZA YUBORISH XIZMATI ISHGA TUSHIRILDI

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talabalarga bir necha masalalarni qulay va tez hal qilish imkonini beruvchi interaktiv xizmatlar ishga tushirildi, deb xabar beradi «Infocom.uz».

Abituriyentlarning hujjatlar to’plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish. Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to’plamini imtihon natijalari e’lon qilingandan so’ng qaytarib olish zaruriyati tug’ilganda, abituriyentlar Yagona portal orqali to’g’ridan-to’g’ri ariza yuborishi mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o’quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to’plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko’ra, abituriyentga buyurtma pochta orqali hujjatlar to’plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo’lgan pochta bo’limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.

Talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish. Mazkur interaktiv xizmat oliy ta’lim muassasalariga yangi o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan onlayn tarzda ariza berishi va bo’sh yashash o’rni mavjudligi to’g’risida ma’lumot olishi mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015/2016-o’quv yili boshida (test sinovlari e’lon qilingandan so’ng) foydalanish mumkin.

Talabalar turar joyi uchun elektron to’lov. Mazkur interaktiv xizmat oliy ta’lim muassasalariga yangi o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan onlayn tarzda ariza berishi va oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng elektron to’lovni amalga oshirishi mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015/2016-o’quv yili boshida (test sinovlari e’lon qilingandan so’ng) foydalanish mumkin.

Yuqoridagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga o’qishga kirish uchun onlayn hujjat topshirish. Mazkur interaktiv xizmat oliy ta’lim muassasalarining Magistratura bo’limiga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonini olib boradi. Ushbu interaktiv xizmat Bakalavr yo’nalishlarini tamomlagan talabalar uchun mo’ljallangan. Xizmatdan foydalanish uchun tegishli havola Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi saytiga joylashtirilgan.

«Jahon» AA