Talabalar uchun viloyat hokimi stipendiyasi joriy etildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali ochilishini viloyat jamoatchiligi katta mamnuniyat bilan qarshi oldi.
Ayni paytda mamlakatimiz yetakchi oliy taʼlim muassasasining filiali uchun zarur sharoit yaratishda viloyat hokimligi va jamoatchilik yaqindan koʻmaklashmoqda. Eng avvalo, filial taʼlim standartlariga javob beradigan bino bilan taʼminlandi. Muassasa uchun Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejining shahar markazida joylashgan zamonaviy binosi tanlanishi birinchi katta qulaylik boʻldi.
Eng muhimi, filialga hujjat topshirib, talabalik baxtiga musharraf boʻlganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun viloyat hokimi tomonidan qator imtiyoz va ragʻbatlar joriy etilmoqda.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida toʻliq “5” bahoga oʻqiydigan talabalarga viloyat hokimining maxsus stipendiyasi beriladi. “Aʼlo” bahoga kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarning kontrakt toʻlovlari homiylar tomonidan toʻlanadi.
Shuningdek, bir yilda bir marotaba barcha talabalar qishki va yozgi kiyimlar bilan bepul taʼminlanadi.
Yotoqxonada yashaydigan talabalar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqat 4 yil mobaynida homiylar tomonidan yetkazib beriladi. Bundan tashqari, yaxshi oʻqiydigan talabalarni bir yilda bir marotaba Yaponiya, Rossiya va Janubiy Koreyada bir oylik malaka oshirishga yuborish yoʻlga qoʻyilishi ham rejalashtirilgan.
OʻzA