Talabalarga baho qo’yish va ularning davomatini tekshirish - onlayn tizimida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent Moliya instituti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Elektron jurnal” va “Elektron reyting” tizimlarini joriy etish bo’yicha tajriba olib borilmoqda, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Uning natijalariga ko’ra, dasturiy ta’minot yanada mukammallashtiriladi va ushbu tizimlar mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalariga tarqatiladi.
“Elektron jurnal” talabalarning mashg’ulotlardagi davomatini hisoblashni elektron ko’rinishda boshqarish imkonini beradi. “Elektron reyting” esa talabalarning reytingini aniqlash va uni boshqarish jarayonini avtomatlashtiradi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislarining qayd etishlaricha, istiqbolda ushbu tizimni mamlakatimizning barcha oliy o’quv yurtlarida muvaffaqiyatli qo’llash uchun har bir auditoriya kompyuter bilan jihozlangan bo’lishi lozim. O’qituvchi esa tasdiqlangan jadvalga muvofiq, tegishli jadval ustunlariga ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega bo’ladi.
Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, “Elektron jurnal” hamda “Elektron reyting” tizimlarini joriy etish oliy o’quv yurtlarida tartib-intizomni mustahkamlashga yordam beradi.
“Jahon” AA