Taraqqiyotning muhim omili
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qarshida ijtimoiy sheriklik – demokratik yangilanishlarning muhim omili. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 696 nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 60 foizi qishloqlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari aholining turli qatlamlarini o‘z atrofida birlashtirish va huquqlarini himoya qilishga asosiy e’tibor qaratmoqda.
Viloyat hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining emin-erkin ishlashi uchun yaratilayotgan sharoitlar soha rivojida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzilib, NNTlarni moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etildi.
Mazkur fond tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlarida 2009-2014-yillarda viloyatdan 170 ga yaqin nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘z loyihasi bilan ishtirok etib, Parlament komissiyasi qaroriga muvofiq, 48 loyiha uchun 620 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ushbu loyihalar asosida ayollar, yoshlar, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, hududda milliy hunarmandlikni yanada rivojlantirish, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda salmoqli ishlar amalga oshirilgan.