TARG‘IBOT ISHLARI KUCHAYTIRILMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tumani kengashi tomonidan “Odam savdosi – davr muammosi” mavzuida tadbir o‘tkazildi. Unda huquqni muhofaza qilish idoralari, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Mirobod tumani idoralararo komissiyasi vakillari, o‘quvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida odam savdosiga qarshi kurashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va davlatimiz rahbarining 2008-yil 8-iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim asos bo‘lmoqda.
Bugungi kunda odam savdosi inson, uning osoyishta hayoti va kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan dolzarb muammolardan biridir. BMTning narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili uch milliondan ortiq odam ushbu jinoyat qurboniga aylanmoqda.
– Yoshlarimizni odam savdosidan asrashda oilalarda tarbiyani, mahalla, ta’lim muassasalarining bu boradagi faoliyatini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi katta mutaxassisi Behzod Sultonov. – Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hududlardagi idoralararo komissiyalar, davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish idoralari tomonidan sohadagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Yil davomida o‘quvchi-yoshlar orasida mustaqilligimizni mustahkamlash, odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish maqsadida poytaxtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida “Qullikka rozi bo‘lmang!”, “Ogoh bo‘ling, odamlar!”, “Sening taqdiring o‘z qo‘lingda” kabi mavzularda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu yoshlarni odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardan ogoh etish, ularning huquqiy madaniyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
O‘zA