“TASANNO-2015”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda “Tasanno-2015” xalqaro milliy taomlar festivali o’tkazildi, deb xabar beradi O’zbekiston badiiy akademiyasi.
Mazkur tadbir O’zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, Baynalmilal madaniyat markazi, O’zbekiston badiiy akademiyasi hamda xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari tomonidan tashkil etildi.
Festival chog’ida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida turli mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni o’rnatish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar va madaniy-ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda turli xalqlarning an’analari, milliy liboslar namoyishi va rasmlar ko’rgazmasi ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
“Jahon” AA