Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TASHABBUSKOR YOSHLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TASHABBUSKOR YOSHLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Mening biznes g‘oyam” tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank va boshqa qator tijorat banklari bilan hamkorlikda tashkil etgan tadbirda kollej hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

“Mening biznes g‘oyam” tanlovi banklar va iste’dodli yoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishning muhim omillaridan biridir.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad kollej bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishdan iborat. Bu jarayonda banklar muhim o‘rin tutmoqda. Masalan, 2015 yilda tashabbuskor yoshlar uchun tijorat banklari 280 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar taqdim etdi.

Tanlovning joriy yil fevral-mart oylarida o‘tgan dastlabki bosqichlarida poytaxtimizdagi 119 kollej va litseyda bilim olayotgan 15 mingdan ortiq yosh ishtirok etdi. 140 nafardan ziyod eng qiziqarli biznes-g‘oyaga ega yosh shahar bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Jamiyatga foyda keltiradigan, jumladan, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, innovatsiya va ekotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha biznes-g‘oyalar tanlov ishtirokchilari ishlarini baholashda muhim mezon bo‘lmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtioiy harakati faoli Muslima Omonqulova. – Mazkur bosqichda taqdim etilgan g‘oyalar ko‘plab sohalarni qamrab olgan va har bir ishtirokchi ijodiy salohiyati hamda innovatsion g‘oyasini namoyish etishga intilmoqda. Asosiy maqsadimiz ularning g‘oyalarini jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarga aylantirishdir.

Tanlovning shahar bosqichi doirasida yoshlar seminar-treninglarda qatnashib, biznes-reja tuzish bo‘yicha o‘z bilimini boyitmoqda.

– Tanlovda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi navlarini yaratish g‘oyasi bilan ishtirok etmoqdaman, – deydi Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kollejining 3-kurs o‘quvchisi Iroda A’zamova. – Bu yerda o‘z biznes-g‘oyamni amalga oshirish uchun bankdan imtiyozli kredit olish tartibi to‘g‘risida batafsil axborotga ega bo‘ldim va ishlab chiqarish uskunasini xarid qilish bo‘yicha maslahat oldim.

Tadbirda yoshlar biznes-g‘oyalarining taqdimotlari ham o‘tkaziladi. 15 nafar ishtirokchi respublika bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

WWW.UZA.UZ