Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Tashkent City – Prezident e’tiboridagi loyiha

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Tashkent City – Prezident e'tiboridagi loyiha

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishini yana bir bor ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda zamonaviy arxitektura yutuqlariga muvofiq loyihalar va davlatimiz rahbarining avvalgi tashriflari chog‘ida berilgan ko‘rsatmalar asosida jadal qurilish ketmoqda.

Biznes markazlar, mehmonxonalar, kongress-xol, ofislar, ko‘p qavatli uylar, restoranlar va boshqa ob’ektlar yettita lotga ajratilgan holda bunyod etilmoqda.

Prezidentimiz besh yulduzli mehmonxonada quriladigan xonalar, zallar namunalari bilan tanishdi. Xonalarning har bir detaliga e’tibor qaratib, ularning dizayni va qulayliklari bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xonalar yorug‘ va bahavo bo‘lishi, ularni bezashda odamlarning kayfiyatini ko‘taradigan, ochiq ranglardan foydalanish kerakligini ta’kidladi.

Mehmonxonaga tutash tarzda yana bir yirik inshoot – kongress-xoll qurilmoqda. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratiladi. Eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Shavkat Mirziyoyev kongress-xollni xalqaro standartlar asosida qurish, yirik delegatsiyalarni qabul qilish uchun zarur qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Prezident Gardens Residence turar joy kompleksini ham borib ko‘rdi. Namuna sifatida qurilgan 2 va 4 xonali uylarni ko‘zdan kechirdi.

Sakkiz gektar maydonni egallaydigan ushbu kompleks to‘qqizta ko‘p xonadonli uydan iborat bo‘ladi. Ularni loyihalashda barcha jihatlar inobatga olingan. Bolalar, ota-onalar, mehmonlar uchun alohida qulayliklar ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari xalqimiz mana shunday zamonaviy uylarda yashashga haqli ekani, Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari standartlari asosida qurilgan bu uylar yurtdoshlarimizga berilishini ta’kidladi. Mazkur turar joylar xaridorlarga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar asosida taqdim etiladi.

www.president.uz