“TASHKENT OPEN-2015”GA DUNYONING 30 MAMLAKATIDAN XOTIN-QIZ TENNISCHILARI KELISHADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 28-sentabr – 3-oktabr kunlari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida xotin-qizlar o’rtasida “Tashkent Open-2015” an’anaviy xalqaro turniri o’tkaziladi, deb xabar beradi O’zbekiston tennis federatsiyasining matbuot xizmati.
Mukofot jamg’armasi 250.000 AQSh dollarini tashkil qilgan mazkur xalqaro turnirning bu yilgi bellashuvlarida jahonning 30 mamlakatidan 100 nafardan ziyod raketka ustalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar.
E’tiborlisi, musobaqa qatnashchilarining 17 nafari WTA reytingining kuchli yuztaligidan o’rin olgan bo’lib, bu ham o’z navbatida bahslarni yanada murosasiz kechishini ta’minlaydi.
“Tashkent Open-2015” xalqaro turnirida Vatanimiz sharafini Sabina Sharipova (204), Nigina Abduraimova (249) va Oqgul Omonmurodova (294) himoya qiladilar. Bundan tashqari turnirda Vlada Yekshibarova, Arina Folts, Go’zal Yusupova va Polina Merenkova kabi yosh tennischilarimizning ham qatnashishi rejalashtirilgan.
«Jahon» AA