TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA AKKREDITATSIYADAN O‘TGAN XORIJIY MATBUOT VAKILLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Davlat muassasalari, kompaniyalar, jamoatchilik tashkilotlari va ayrim fuqarolarning muntazam murojaatlari munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, 2017-yil 1-avgust holatiga ko‘ra yetakchi xorijiy axborot agentliklari, elektron va bosma OAV vakillari bo‘lgan 30 ta muxbir va 5 ta muxbirlik punktlari (byuro) Tashqi ishlar vazirligida rasman akkreditatsiyadan o‘tgan.
Mamlakatimizda rasman faoliyat yuritayotgan chet el matbuoti vakillari haqidagi ma’lumot TIV veb-sahifasida tezkor yangilanadi hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilinadi.
Shuningdek, veb-saytning maxsus bo‘limida xorijiy OAV vakillarining O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tish tartibi haqidagi ma’lumot ham joylashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditasiyadan o‘tmagan xorijiy muxbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kasb faoliyati taqiqlanadi va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati