TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Polshadagi Vakolatxonasi rahbari Paulina Mitskevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari va o‘zaro aloqalarni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mustaqillikning ilk kunlaridan buyon O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Tizimli va izchil islohotlar BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarining bir qator muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha tegishli natijalarga muddatidan ilgari erishish imkonini yaratdi.
Toshkentda 2011-yil noyabr oyida “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi nufuzli xalqaro simpoziumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi mamlakatimiz tajribasini mintaqamizda va boshqa xorijiy davlatlarda tarqatishga zamin yaratdi.
Mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilingan mazkur yilda ushbu yirik amal nafaqat davom etadi, balki sezilarli darajada kengaytiriladi. Uning tadbig‘i uchun Prezident I.A.Karimov tomonidan tasdiqlangan maxsus Davlat dasturi ko‘ra 7 trillion 483 milliard so‘m va 194 million AQSh dollari yo‘naltiriladi.
Uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.