Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TASVIRIY SAN’AT HAFTALIGI DOIRASIDA USTOZ VA SHOGIRDLAR KO‘RGAZMASI OCHILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TASVIRIY SAN'AT HAFTALIGI DOIRASIDA USTOZ VA SHOGIRDLAR KO‘RGAZMASI OCHILDI

Rassom mahorati borliqni bor tarovati va maftunkorligicha aks ettirib, tomoshabinni hayratlantira olishdadir. Bunga "Moviyga parvoz – II. Ona zamin va inson obrazi" nomli ko‘rgazmada yana bir karra ishonch hosil qilish mumkin.

Badiiy akademiya tomonidan o‘tkazilayotgan Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma yoshlar, xorijlik mehmonlar, san’at muxlislari bilan gavjum.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi, professor Akmal Ikromjonov va uning shogirdlari asarlari qo‘yilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga saboq berayotgan mo‘yqalam sohibi iste’dodli shogirdlarning kamol topishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

– Zamonaviylikni aks ettirish eng murakkab jarayon, – deydi Milliy rassomlik va dizayn institutining magistranti Avazbek Nasriddinov. – Bunda ijodkor ranglar texnikasi, tasvirlarning, g‘oyaning yillar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishini oldindan ko‘ra olishi kerak. Ko‘rgazma qatnashchilari ustozlar ijodidan ruhlanib, o‘z uslubi, ijod yo‘lini topa olgani yaqqol sezilib turibdi.

Ko‘rgazmaga kelganlar A.Ikromjonov asarlari bilan birga uning shogirdlari Ilhom Otaboyev, Erkin Bozorov, Xurshid Ibrohimov, Sardor Allaberganov, Farrux Ahmadaliyev, Saidbek Sobirboyev va boshqalarning asarlaridan bahramand bo‘lishi mumkin.

O’zA