Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TAYYORGARLIK ISHLARI MUHOKAMA QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TAYYORGARLIK ISHLARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida joriy yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, saylovni yuqori saviyada, demokratik tamoyillar asosida o‘tkazishning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda viloyat xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Namangan filiali va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining joylarda olib borilayotgan saylovga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Viloyatda tashkil etilgan 690 saylov uchastkasida tegishli saylov qonunchiligi talablari asosida uchastka saylov komissiyalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi, saylov kuni ovoz beruvchilar uchun barcha zarur sharoit yaratish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda belgilangan chora-tadbirlar asosida ish olib borilayotgani ta’kidlandi. Saylov uchastkalari, ijtimoiy, iqtisodiy obyektlarda elektr ta’minoti uzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik, sifatli va tezkor aloqa xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, saylov uchastkalarini talab darajasida jihozlash choralari ko‘rilmoqda.

– Tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlardagi barcha transformatorlar qayta ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilmoqda, – deydi “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati rahbari o‘rinbosari Sayfiddin Husainov. – Tizimda saylovga tayyorgarlik va saylov kunlarida kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi 15 navbatchi guruh va 32 tezkor xizmat ko‘rsatuvchi sayyor guruh tashkil etildi. Ayni paytda saylov uchastkalarining ichki va tashqi elektr ta’minoti tarmog‘i nazoratdan o‘tkazilmoqda.

O’zA