TEMIRYO‘LCHILAR KASB BAYRAMINI NISHONLAMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda temiryo‘lchilar kasb bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, mehnat faxriylari, soha ilg‘orlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Qahramoni O.Ramatov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida temir yo‘l tizimini tubdan takomillashtirish, temir yo‘llarni rekonstruksiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harakatlanuvchi tarkibni modernizatsiya qilish, sohaga innovatsion loyihalarni joriy etish, tarmoqning turizm salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari tashkil qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yuklarning 70, yo‘lovchilarning 60 foizdan ortig‘i temir yo‘llar orqali tashilmoqda. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yilgandan beri 1 milliondan ziyod yo‘lovchi ushbu zamonaviy transport vositasi xizmatidan foydalandi.
Istiqlol yillarida minglab kilometr yangi temir yo‘l liniyalari barpo etildi. Navoiy – Uchquduq – Nukus – Sulton Uvaystog‘ va Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘l magistrallarining ishga tushirilishi shimoliy va janubiy hududlar aholisi hayotida chuqur iz qoldirib, ushbu mintaqalarni mamlakatimizning boshqa hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘ladi.
2016-yilning 22-iyun kuni davlatimiz rahbari Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirokida Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ochilishi bilan O‘zbekistonda yagona, mustaqil milliy temir yo‘l transporti kommunikatsiya tizimi to‘la shakllandi.
Miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra juda ulkan va murakkab bo‘lgan mazkur zamonaviy loyiha atigi 32 oy ichida, ya’ni belgilangan muddatdan avval yakunlangani mamlakatimiz temiryo‘lchilarining yuksak mahorati hamda shijoatidan darak beradi.
Temiryo‘lchilarimiz tomonidan Samarqand – Buxoro uchastkasida yuqori tezlikda harakatlanadigan elektr poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davrda uzunligi qariyb 250 kilometrlik yo‘lning 140,2 kilometrlik Maroqand – Navoiy uchastkasi yangidan qurildi. Navoiydan Buxorogacha bo‘lgan po‘lat izlar soatiga 160 kilometr tezlikdagi harakatlanishga moslashtirildi. Piyodalar o‘tish yo‘lagi, yo‘l o‘tkazgich, ko‘prik va stansiyalar singari ikki yuz yigirmadan ziyod inshoot qurildi.
Samarqand – Buxoro uchastkasining elektrlashtirilishi va yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlar harakatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida yo‘lovchilar Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan 620 kilometrlik masofani 3 soatu 30 daqiqada bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Anjumanda temiryo‘lchilarning fidokorona mehnati davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirib kelinayotgani alohida ta’kidlandi.
Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning konserti namoyish etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Zokirov so‘zga chiqdi.
O‘zA