TENNISCHILARIMIZ G‘ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Gruziyaning Batumi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan tashkil etilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirni hamyurtlarimiz Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova hamda Sabina Sharipova g‘alaba bilan boshladi.
Yakkalik bahslarida tennis bo‘yicha ayollar terma jamoamiz yetakchisi N.Abduraimova rossiyalik Adeliya Zabirovaga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. O.Omonmurodova gruziyalik Mariyam Bolkvadzeni 6:3, 6:2, S.Sharipova yana bir rossiyalik tennischi Anastasiya Gasanovani 7:5, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Xalqaro turnirning ikkinchi davrasida Nigina Abduraimova rossiyalik Angelina Gabuyeva, Oqgul Omonmurodova turkiyalik Ayla Aksu, Sabina Sharipova rossiyalik Alyona Tarasova bilan kuch sinashadi.
Juftliklar o‘rtasidagi bahslarda Nigina Abduraimova qirg‘izistonlik Kseniya Ulukan bilan birgalikda rossiyalik tennischilar Anastasiya va Anna Pribilovalar ustidan har ikkala setda 6:0 hisobida zafar quchdi. Endi N.Abduraimova – K.Ulukan juftligi musobaqaning chorak finalida rossiyalik tennischilar N.Dzalamidze va A.Tarasovaga qarshi kortga chiqadi.
O‘zA