TERMIZ SHAHRINING YO‘L-TRANSPORT INFRATUZILMALARI TIZIMLARI TAKOMILLASHADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015 yil 17 iyulda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “2035 yilgacha bo‘lgan davrda Termiz shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 195-sonli Qarori ko‘plab infratuzilma ob’ektlari qatori mamlakatimiz janubiy sarhadlaridagi yangi yo‘l va magistrallar tarmoqlari qurilishiga ham imkon yaratadi, deb xabar beradi “O’zavtoyo’l” DAK.
Mazkur Qarorga muvofiq, Surxondaryo viloyat hokimligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalariga, shu jumladan, “O’zavtoyo‘l” DAKga - 2035 yilgacha bo‘lgan davrda Termiz shahrining bosh rejasini amaliyotga o‘z vaqtida va sifatli joriy etish, shaharsozlik ob’ektlarini tizimli va samarali joylashtirish, shuningdek, bu maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larning maqsadli sarflanishi borasidagi vazifalarni belgilash topshirilgan.
Qarorda umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini, shuningdek, yo‘l o‘tkazgichlar va avtobekatlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va to‘la ta’mirlash masalalarini inobatga olgan holda yo‘l-transport infratuzilmalari tizimlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan bosh rejaga muvofiq, 2035 yilga borib shahar transport magistrallarining umumiy uzunligi 143,9 kmga, shahar hududi esa - 3644,81 gektarga teng bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 70,35 km i 2226,02 gektarga tengdir.
“Jahon” AA