“TEXTILE WORLD” JURNALI O’ZBEKISTONNING SARMOYAVIY SALOHIYATI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Pokistonda nashr qilinadigan «Textile World» oylik jurnalida «O’zbekistondagi sarmoyaviy iqlim» sarlavhali maqola bosilib chiqdi.
Unda xorijiy sarmoyadorlar uchun mamlakatimizda yaratilgan qulay sharoitlar hamda keng imkoniyatlar haqidagi atroflicha ma’lumotlar o’z ifodasini topgan.
Nashr iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo’yicha majmuaviy dasturlarning tizimli va izchil ravishda hayotga tadbiq etilishi tufayli respublikamiz yildan - yilga o’zining eksport salohiyatini oshirib borayotgani haqida to’xtalar ekan, jahon bozori yo’nalishida xom ashyo o’rnini yuqori texnologiyaga asoslangan yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar egallayotganini alohida ta’kidlaydi.
O’zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligi sababi bozorining kengligi va Yevroosiyo multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan rivojlangan transport infratuzilmasiga ega ekanligi bilan izohlanishi ham maqolada qayd etilgan.
Jurnal mamlakatimizda shakllangan qulay investitsiya muhiti, xorijiy investorlar uchun keng ko’lamdagi imtiyoz va afzalliklar, kafolatlar tizimi belgilangani haqida yozar ekan, respublikamizda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan sub’yektlarga qator imtiyoz va qulayliklarning berilgani jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda, eksport salohiyatini yuksaltirishda, qolaversa, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda muhim omil bo’layotganiga urg’u beradi.
Maqolada O’zbekiston mintaqada eng diversifikatsiyalashgan iqtisodiyotgan ega ekanligi hamda yengil va yuk mashinalarining ko’plab rusumlarini, yuqori sifatli qishloq xo’jaligi texnikalarini, kimyo, to’qimachilik, dori-darmon, qurilish, oziq-ovqat sanoatidagi turli-tuman mahsulotlarni ishlab chiqarayotgani ham o’quvchilar e’tiboriga havola qilingan.
Muxtasar qilib aytganda, ushbu maqolada shitob bilan rivojlanib borayotgan O’zbekiston bozoriga sarmoya kiritishga intilayotgan pokistonlik sarmoyadorlar uchun zarur bo’lgan barcha muhim ma’lumotlar o’z ifodasini topgan.
«Jahon» AA Islomobod