“THE SEKAI NIPPO” GAZETASI KO’HNA VA HAMISHA NAVQIRON SAMARQAND HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Yaponiyada nashr etiladigan «The Sekai Nippo” gazetasida “Samarqand: Shohi Zinda majmuining go’zalligi va ulug’vorligi» sarlavhali maqola bosilib chiqdi. U mazkur gazetaning jurnalisti Susumi Fudjixashi qalamiga mansub.
Maqolada shoirlar tomonidan «Sharq marvaridi», deya ta’riflangan Samarqand ko’hna tarixga ega ekanligi qayd etiladi. Buyuk Amir Temur boshqaruvi davrida shahar ilm-fan va madaniyat markaziga aylangani holda shitob bilan rivojlangani yapon o’quvchilarining e’tiboriga havola qilingan.
«Afrosiyob shaharchasidan uncha uzoq bo’lmagan masofada Samarqandning ajib va betakror me’moriy yodgorliklaridan biri - Shohi Zinda majmuasi joylashgan, deb yozadi muallif. Unda moviy rangda tovlanib turadigan maqbaralar ketma-ket joylashgan. Shohi Zinda ko’hna Samarqandning go’zalligi va mahobati bilan kishini hayron qoldiradigan me’moriy yodgorligidir».
Muallif o’z maqolasida Shohi Zinda ansambli nafaqat tarixiy-me’morchilik yodgorligi, balki mashhur zotlarning abadiy oromgohi ekanligi haqida atroflicha to’xtalgan.
«Jahon» AA, Tokio