Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“THE SEOUL TIMES”: “O‘ZBEKISTONNING DAVLAT SIYOSATIDA INSON MANFAATLARI USTUVORDIR”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“THE SEOUL TIMES”: “O‘ZBEKISTONNING DAVLAT SIYOSATIDA INSON MANFAATLARI USTUVORDIR”

Janubiy Koreyaning ingliz tilidagi “The Seoul Times” internet-gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari hamda respublikamiz prokuratura xodimlari bilan bilan uchrashuvlaridagi nutqlarida o‘z aksini topgan muhim jihatlarga bag‘ishlangan salmoqli maqola bosilib chiqdi.

Nashr O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2017-yil mamlakatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilingani haqida yozar ekan, respublika rahbariyati davlat siyosatida inson manfaatlari, shu jumladan, xalq salomatligi va uning farovonligi masalasini birinchi o‘ringa qo‘yganini o‘z o‘quvchilarining e’tiboriga havola qilgan.

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tarqatgan matbuot xabarnomasi asosida “The Seoul Times” jurnalistlari tomonidan tayyorlangan mazkur maqolada ma’lum qilinganidek, tibbiyot mutaxassaslari bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston rahbari bugungi sog‘liqni saqlash tizimini chuqur tahlil etar ekan, sohada erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda hal etilmagan masalalar xususida ham atroflicha fikr yuritganini alohida ta’kidlaydi. Shu o‘rinda tibbiyot xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalar va davolashning ilg‘or uslublarini qo‘llash zarur ekani qayd etiladi.

“Shavkat Mirziyoyev tibbiyot jabhasini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. Ular orasida qishloq vrachlik punktlarining samarali ishlashini ta’minlash va ularda ishlaydigan vrachlar uchun uy qurib berish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish, qizlar va ayollar uchun poliklinikalar tashkil etish, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar xodimlarining mintaqalarga chiqishlari va joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish tajribasini qo‘llash singari tashabbuslar mavjud”, deb yozadi “The Seoul Times”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining prokuratura organlari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi xususida to‘xtalar ekan, nashr joriy yil 8-yanvardan e’tiboran ushbu sana Prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanajagini o‘z o‘quvchilariga ma’lum qilgan.

Nashr Shavkat Mirziyoyevning ushbu uchrashuvda bildirgan fikr-mulohazalaridagi muhim jihatlarga e’tibor qaratar ekan, “prokuratura organlari xodimlari zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklangani va bu ulardan fidoyilik hamda xolislik talab qilishi”ni qayd etgan. “Shu bois har tomonlama puxta o‘ylangan va vazmin qarorlar qabul qilish ular faoliyatidagi asosiy mezon bo‘lmog‘i lozim. Bu tizim jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanishida, huquqiy davlat qurilishida yuqori obro‘-e’tibor kasb etishi, yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya etilishiga hamda aholining huquqiy madaniyati yuksalishiga xizmat qilishi kerak”, degan fikrlarni ham qalamga olgan.

Hozirgi paytda O‘zbekiston parlamentining yuqori palatasi har yili Bosh prokuror hisobоtini eshitadi. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yildan e’tiboran mamlakatda barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisob berishi tizimi qo‘llaniladi, deb yozadi Janubiy Koreya nashri.

“The Seoul Times” 2016-yil 5-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolanganini ham o‘quvchilarga ma’lum qilar ekan, bu prokuratura organlari xodimlari oldiga qonunchilik hujjatlarining to‘g‘ri va to‘la ijrosini nazorat qilish, qonunbuzarliklar oldini olish hamda biznesning jadal rivojlanishini ta’minlash yuzasidan yanada mas’uliyatli vazifalar qo‘yishini qayd etgan.

“Jahon” AA, Seul