Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Til – millatning ruhi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Til – millatning ruhi

21 oktabr – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Bu yil “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi. Bu vaqt oralig‘ida millat mavjudligi va yashab qolishining asosiy belgilaridan biri bo‘lmish ona tilimizni asrash va uni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab amaliy ishlar qilingani rost. Ammo hali qilinishi shart va zarur bo‘lgan ishlar undan-da ko‘p.

Shu munosabat bilan O‘zA jamoasi ona tilimizning qadimiyligi, boyligi va o‘ziga xos jilosi haqida istiqlol yillarida bitilgan eng sara maqolalarni berib borishni maqsad qildi. Tabiiyki, bu borada ustoz adib, O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov “ko‘b va xo‘b“ yozgan, tilimizni asrash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jonkuyar zamondoshlarimizdan edi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun ushbu turkumdagi maqolalarni ul zotning “So‘z latofati” adabiy-badiiy risolasidan ayrim maqolalar bilan boshlamoqni joiz topdik.

Eng avvalgi so‘z

Xoliqi olamning Bo‘l degan so‘zidan borliq yaralgan, inson bunyodga kelgan.

Odamzod tilga kirib, u aytgan birinchi so‘z nima edi? Bu savolga javob hech bir kitobda yo‘q. Olimlar insoniyatning ilk so‘zlari tovushga taqlidan paydo bo‘lgan, deydilar. Darhaqiqat, qadimgi ajdodlarimiz tog‘dan shovillab tushgan suvni shovva, shar-shar to‘kilganini sharshara degan. Qushlarning churq-churq qilgani chumchuq, lak-lak qilgani laylak (aslida laklak), qag‘illagani qarg‘a bo‘lgan. G‘oz, chittak, chug‘urchuq, chag‘alay, olashaqshaq, kakku, g‘ulg‘ul tovuq (kurka), jiblajibon... sanoqni davom ettirish mumkin. Lekin qush nomlari ichida eng go‘zali bul-bul deya yoqimli sayragan bulbuldir.

Inson bora-bora o‘zi yasagan buyumlarga ham shu tarzda nom bergan. To‘qillab urilgani to‘qmoq, tuyoq ostida taqillagani taqa, zangillagan qo‘ng‘iroq zang atalgan. Eng muhim habarlar elga nog‘ora chalib yetkazilgan. Dang‘illagan bu sado ham so‘zga aylandi. Kimning nomi elga nog‘ora bo‘lsa, u dang‘ chiqardi. Tilimiz mayinlashib boring‘, keling‘ o‘rniga boring, keling deydigan bo‘ldik va dang‘ ham dong bilan almashdi. Biz bugun shuhratli odamni dongdor deymiz, dong taratgan deymiz. Lekin el ichida dong chiqargan uy dang‘illama bo‘lib aslicha qoldi. Qirg‘iz tilida ham bu so‘z dang‘ deb aytiladi. Lekin ma’no tovlanishida ozgina farq bor. Shon-sharaf, olqish mazmunida qo‘llanadi. Qirg‘iz ko‘chalarida Emgekka dang‘, El-jurtqa dang‘ kabi shiorlarni ko‘rasiz. Yashasin mehnat, yashasin el-yurt degani. Bularning bari o‘sha nog‘ora sadosidan tug‘ilgan so‘zlar.

Yurtimizda yuz ming yil muqaddam yashagan neandertal odamning tarix muzeyimizdagi qiyofasiga qarab yana o‘zimga savol beraman. Rasmana insonga aylanmagan bu ibtidoiy ong egasining birinchi so‘zi nima edi? Xayolimga kelgan javob shu bo‘ldi: u toshni toshga urib chaq etgan tovushni eshitganu chaq deya ovoz chiqarib o‘zining birinchi so‘zini aytgan. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq chaqqan, bolasiga ham chaq! deb buyurgan.

Bora-bora toshdan o‘t chiqarib uni ham chaq dedi. Ko‘kda chaq etib yongan olov ham chaq bo‘ldi. Keyinchalik chaqmoq, chaqin, chaqmoqtosh so‘zlari paydo bo‘ldi.

Tosh bir-biriga urilganda, uchgan yeri chaqa. Toshga qoqilganning oyoq barmog‘i chaqa. Ko‘p gapirganning tili chaqa.

Tosh maydalab chaqa degan inson uchun hamma mayda narsalar chaqa bo‘ldi. Pul maydalab chaqa dedi. Mayda bolasini bola-chaqa dedi. Eng maydasi chaqaloq bo‘ldi.

Taraqqiyot insonga aql va zakovat berdi. Zakovatli inson tosh chaqishni qo‘yib gap chaqishga o‘tdi. Toshdan uchqun chiqargan bo‘lsa, gapdan o‘t chikardi. Gap chaqib o‘z qardoshining uyini kuydirdi.

Gap chaquvchining oti ham chaqdan uzoq ketmadi. Uni chaqimchi, chaqmachaqar dedilar. Chaqimchining nishi ilonning tishidan og‘riqli va xatarli. Ari, ilonu chayonning nashtar urishini ham besabab chaqish demaganlar. Demak, chaqimchi bilan gazandaning hunari bir.

Chaqmachaqarning ham katta-kichigi bo‘lar ekan. Birovning gapini birovga aytsa bu chaqimchilik, insonning gapini yuqoriga, podsholikka yoki hukumatga yetkazsa chaquv bo‘ladi. Chaquv oldida chaqmachaqarlik holva bo‘lib qoldi. Chaqimchilikdan bir insonga ozor yetsa, chaquvdan yuz minglarning yostig‘i qurigan.

Chaquv davlat siyosati darajasiga yetib, chaquvchi tengsiz qudrat sohibi bo‘lgan zamonlarni ko‘rdi jafokash xalq. Bir imzosiz maktub insonning emas, butun bir avlodning, urug‘-aymoqning xonumoniga o‘t qo‘yuvchi gugurt bo‘ldi. Inson gugurt yondirishni ham gugurt chaqish dedi.

Odam bolasining bir ojizligi bor. Birov haqida ortdan yomon so‘z aytish gunoh ekanini biladi-yu, o‘rgangan odatini yo‘qotolmaydi. Birovni sirtdan qoralab rohat qiladi. Suhbatning shirini g‘iybat, deydilar hazil qilib. Lekin bu gapda hazildan chin ko‘proq. G‘iybat ham chaquv, birovni birovga emas, birovni hammaga chaquv demakdir. Biz bunday shirin suhbatning nomini chaqchaqlashuv deymiz.

Bashariyat tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani million yillar ichida bosib o‘tdi. Biz ham sizlar bilan chaq so‘zining achchiqqina mag‘zini chaqdik, chaq to‘g‘risida chaqchaqlashib oldik.

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri

O’zA