Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TINCHLIK – ENG BEBAHO NE’MAT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TINCHLIK – ENG BEBAHO NE'MAT

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga oid huquqiy asoslarning rivojlanishi” mavzuida seminar tashkil etildi.

Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti hamda Yong‘in xavfsizligi oliy texnika maktabi o‘qituvchi va kursantlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Parlament quyi palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini asrash asosiy vazifalardan biriga aylanganini ta’kidladi.

Tinchlik eng bebaho ne’matdir. Zero, tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lgan yurtdagina islohotlar kutilgan samarani beradi, odamlar o‘z hayotidan rozi bo‘lib, kelajagiga ishonib yashaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mudofaa to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashning, fuqarolar, turli millat va elatlar o‘rtasidagi ahillik, hamjihatlikning, xalqimiz baxtli hayotining muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi izchil islohotlar yuksak samara berayotir. Yangi-yangi sanoat korxonalari qurilmoqda, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport obyektlari barpo etilmoqda, aholi turmush darajasi yuksalmoqda.

Seminarda jamiyatda barqarorlikni yanada mustahkamlash, istiqlol yillarida O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibоt organlari shakllangani, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda huquq-tartibоt organlarining o‘rni va roli to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

UzA