Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TINCHLIK VA OSOYISHTALIK QADRI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TINCHLIK VA OSOYISHTALIK QADRI

Poytaxtimizdagi Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda xayriya tadbiri o‘tkazildi.

«Sog‘lom avlod uchun» fondining Toshkent shahar bo‘limi rahbari M.Mahkamova, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati direktori T.Eshiev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yoshi ulug‘ insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash va ularga munosib turmush sharoiti yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 18-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ana shu e’tiborning yana bir tasdig‘idir.

Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida keksalar uchun barcha sharoit yaratilgan. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari zali, boy kitob fondiga ega kutubxonada vaqtini mazmunli o‘tkazadi.

Faxriylarning salomatligi doimiy e’tiborda. Toshkent tibbiyot akademiyasi, respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya, ko‘z mikroxirurgiya markazlari va boshqa shifoxonalar bilan hamkorlikda muntazam tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra poytaxtimizdagi shifo maskanlari, so‘lim sanatoriylarda salomatligini mustahkamlamoqda.

Keksalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, urush va mehnat faxriylariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlarga «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro fondi ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. «Yuz bilan yuzlashganlar», «Ikki avlod uchrashuvi» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
– Tinchlik-osoyishtalik – eng aziz ne’mat, – deydi to‘qson bir yoshli Anna Sherbakova. – Prezidentimiz mamlakatimizda ana shu ne’matni mustahkam qaror toptirgani hammamizning baxtimiz.

Tadbirda urush va mehnat faxriylariga dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Taniqli san’atkorlar va yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ularga xush kayfiyat bag‘ishladi.

WWW.UZA.UZ