TINCHLIK VA OSOYISHTALIK – TARAQQIYOT OMILI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M.Qirg‘izboyev, universitet rektori Sh.Sharipov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi ahillik muhitini mustahkamlash borasida yuritilayotgan oqilona siyosat Vatanimiz taraqqiyotida asosiy omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning oldini olish bo‘yicha ilgari surayotgan tashabbuslari xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilmoqda.
– Biz, yoshlarning o‘z orzu-niyatlarimizni ro‘yobga chiqarishimiz, buyuk ajdodlarimizga, Vatanimizga munosib bo‘lib voyaga yetishimiz uchun barcha sharoit muhayyo etilgan, – deydi universitet talabasi Malika Majidova. – Yurtimizdagi musaffo osmonning, tinch, to‘kin, farovon hayotning, yaratilgan barcha imkoniyatlarning qadriga yetmog‘imiz farzandlik burchimizdir.
Tadbirda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.