Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TINCHLIK VA OSOYISHTALIK – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK ASOSI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TINCHLIK VA OSOYISHTALIK – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK ASOSI

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 29-30-sentabr kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga safarining ikkinchi kuni Farg‘ona tumanidagi “Mustaqillik shukronasi” fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lib, viloyat fermerlari va faollari bilan suhbatlashdi.

Dehqon mo‘l hosil yetishtirish uchun yil bo‘yi tayyorgarlik ko‘radi, ona yerga mehrini berib mehnat qiladi. Siz kabi insonlarning fidoyiligi tufayli yetishtirilgan mo‘l hosil mamlakatimizning ulkan xirmonini bunyod etishda, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, dedi Prezidentimiz.

Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizning, xususan, farzandlarimizning baxtu iqboli, ularning hech kimdan kam bo‘lmay voyaga yetishini ta’minlashdek olijanob maqsad mujassam. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilandi. Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishi shart, degan ezgu tamoyilning samaralarini bugun hayotimizning barcha jabhalarida ko‘rib turibmiz.

Mamlakatimiz o‘z taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda. Shaharu qishloqlarimiz obod, xonadonlarimiz fayzu barakali, xalqimiz dasturxoni to‘kin ekani yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik samarasidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida O‘zbekiston jahonda 44-o‘rinni, MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallagani barchamizga g‘urur va quvonch bag‘ishlaydi. Bu “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oyaning amaldagi yorqin ifodasidir, dedi Yurtboshimiz.

Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida yerga, mehnatga munosabat o‘zgardi. Davlatimiz rahbari tomonidan fermerlik harakatini rivojlantirishga, fermerlar mehnatini rag‘batlantirishga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Buni Farg‘ona viloyati fermerlari yetishtirgan mo‘l hosil misolida ham ko‘rish mumkin.

Viloyatdagi 3590 fermer xo‘jaligi 100 ming gektardan ziyod maydonda paxtadan mo‘l hosil yetishtirdi.

Abdumajid Yahyoyev rahbarlik qilayotgan “Mustaqillik shukronasi” fermer xo‘jaligi a’zolari 109 gektar maydonda paxta va g‘alla yetishtirayotir. Fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, parrandachilik, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 45 gektar maydonda g‘alla yetishtirilib, gektaridan 62 sentnerdan hosil olindi. 64 gektar maydonda yetishtirilgan paxta yig‘ib-terib olinmoqda.

Fermerlik harakatini izchil rivojlantirish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash natijasida viloyatda paxta, g‘alla, pilla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish shartnoma rejasi ortig‘i bilan bajarilmoqda.

Prezidentimizning 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Fermerlar kengashlari tashkil etilgani soha samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, xomashyo yetishtirish bilan kifoyalanmasdan, uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini ko‘paytirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Enaxon Siddiqova, Toshloq tumanidagi «Zarkent saxovati» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor Zebixon Rustamova, Farg‘ona viloyati Fermerlar kengashi raisi Abdug‘affor Rahimov, Yozyovon tumanidagi 22-maktab o‘qituvchisi O‘ktamxon Soliyeva, Furqat tumanidagi «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasi usta naqqoshi Mahamatali Yunusov va boshqalar dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan dastur barcha sohalarda ulkan samaralar berayotganini, xalqimizning turmush darajasi va farovonligi yuksalib borayotganini qayd etdi. Bu yutuqlarning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi ekanini faxr bilan ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimovning Namangan va Farg‘ona viloyatlariga safari davomidagi uchrashuv va muloqotlar, bildirilgan fikrlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotganini, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini muttasil yuksaltirishga xizmat qilayotganini, xalqimizning ertangi kunga ishonchi mustahkam ekanini yana bir bor namoyon etdi.

O’zA