TINGLOVCHILARGA SAYLOV AHAMIYATI TUSHUNTIRILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ahamiyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, huquqshunos-olimlar, saylov huquqi bo‘yicha ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov mamlakatimizda mustaqillik yillarida siyosiy, davlat va huquqiy tizim bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi samarasida yuksak demokratik talablarga mos milliy saylov tizimi yaratilganini ta’kidladi. Fuqarolarning shu asnoda davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi to‘liq ta’minlanmoqda. Bunda Konstitutsiyamiz va qonunlarda umume’tirof etilgan norma va prinsiplar asosida shakllantirilgan saylovlarni o‘tkazishning demokratik prinsiplari mustahkamlab qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda mamlakatimizda saylov umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida ochiq va oshkora o‘tkazilishi alohida qayd etildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga 2015-yilda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan, saylovoldi tashviqoti nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borilmaydi.
Ta’kidlanganidek, saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Bugunga qadar mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 500 dan ziyod vakili Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgani fikrimizning yorqin dalilidir.
Saylov komissiyalarining barcha tadbirlari jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilmoqda. Mavzuga oid teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar muntazam efirga uzatilmoqda, bosma va internet-nashrlarda keng yoritilmoqda.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar bo‘lajak Prezident saylovining ahamiyati, saylov kampaniyasini ochiq va oshkora olib borishning asosiy mezonlari, saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berdi.
O‘zaro muloqot va fikr almashish shaklida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar savollariga javob berildi.
O‘zA