TIV RAHBARI ERON ELCHISINI QABUL QILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ali Mardoniy Fardni qabul qildi.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida Elchining O‘zbekiston-Eron muloqotini mustahkamlash va yanada kengaytirishga qo‘shgan hissasi ta’kidlandi.
Eron Elchisi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi diplomatik faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi.