TIVDA BO‘LIB O‘TGAN TAHLILIY UCHRASHUVGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 23-noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish bo‘yicha tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv TIV vakolati doirasida xalqaro shartnomalar ijrosini nazorat qilishga bag‘ishlanib, unda qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro shartnomalarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda vazirliklar, idoralar va mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yuqorida ko‘rsatilgan sohada O‘zbekiston Respublikasi shartnomaviy-huquqiy negizining bugungi holati va yanada takommillashtirish istiqbollari tahlil qilindi. Ilg‘or xalqaro tajribani va xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik shakllarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi.
Uchrashuv yakunida tegishli xalqaro shartnomalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar tayyorlandi.