TIVda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda YEIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov kecha Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jumladan, 2023 yilda ularning muntazam uchrashuvlarini tashkil etish zarurligini qayd etdilar.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot, energetika, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
“Dunyo” AA