Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TIZIMLI ISLOHOTLAR INSON MANFAATLARIGA XIZMAT QILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TIZIMLI ISLOHOTLAR INSON MANFAATLARIGA XIZMAT QILMOQDA

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifining ikkinchi kuni Nukus shahrida quriladigan polimer mahsulotlari zavodi uchastkasiga tashrif buyurdi. Ushbu zavodda yiliga 8 ming tonna polietilen truba, qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqariladi. Zamonaviy texnologiya bilan jihozlanadigan korxonada yuzdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz mazkur korxona bilan yonma-yon barpo etiladigan energiya tarmog‘i mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod loyihasi bilan ham tanishdi. Bu yerda Yaponiya, Shveytsariya, Italiya kabi mamlakatlarda tayyorlangan texnologiyalar asosida zamonaviy transformatorlar, fotoelektrostansiya detallari, avtomatik elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Ushbu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega, bu yerda tayyorlanadigan mahsulotlar import o‘rnini to‘ldirib, eksportga yo‘naltiriladi.

Korxonalarni mamlakatimiz mustaqilligining 26-yilligi bayramiga foydalanishga topshirish lozimligi, bu xalqimizga munosib bayram tuhfasi bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Prezidentimiz mazkur zavodlar qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. Pudratchi va quruvchilar bilan suhbatlashib, ushbu mas’uliyatli ishda ularga kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Davlatimiz rahbari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan Nukus temir yo‘l vokzalini borib ko‘rdi. Bu yerda yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, xizmat turlarini ko‘paytirish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi. Maktab loyihasini takomillashtirish, xususan, bino oldida maydon barpo etish va bu yerda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni I.Yusupov haykalini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Maktab bazasida kichik bosmaxona tashkil etib, turli adabiyotlarni tarjima qilib, chop etish lozimligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida ham bo‘ldi. Bu yerda ko‘p tarmoqli bolalar klinikasi, o‘yin maydonchasi, mehmonxona bunyod etilmoqda. Institutda haqiqiy ilmiy muhit yaratish, xorij tajribasini o‘rganish, xalqaro klinikalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, onalar va bolalar salomatligini samarali muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. Bu yerda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va saqlash zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi va boshqa xonalarda zarur sharoitlar, nogironlar uchun alohida qulayliklar yaratilgan.

Har bir murojaatni adolatli ko‘rib chiqish va hal etish, rahbarlarning murojaatlar bilan ishlashini tahlil qilib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Nukus shahrida ko‘p qavatli uylar, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda.

Prezidentimiz Nukusdagi Yernazar Olako‘z ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Rejaga ko‘ra, ushbu markaziy ko‘cha kengaytirilib, transport harakati uchun yanada qulaylik yaratiladi. Yo‘l bo‘yida ko‘p qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari quriladi.

Davlatimiz rahbari Imom Eshon Muhammad masjidida nuroniylar bilan suhbatlashdi. Unda keksalarni e’zozlash, yoshlar tarbiyasi haqida so‘z bordi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

O‘zA