TO‘RABEK ISMOILOV – JAHON CHEMPIONI!
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekistonlik yosh sambochi To‘rabek Ismoilov Kiprning Limasol shahrida davom etayotgan sambo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
To‘rabek 72 kilogrammgacha vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida tengsiz ekanini namoyish etdi. U musobaqa finalida rossiyalik Andrey Veselovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. A.Veselov kumush medalni qo‘lga kiritdi, gruziyalik Otar Soziashvili va belaruslik Dzianis Barkavets bronza medal bilan taqdirlandi.
Chempionatning ikkinchi kungi bellashuvlarida Azimxon Sultaxo‘jayev, Zafarbek Hamroqulov, Saidaliakbar Yusupov, Otabek Yodgorov, qizlar bahsida Komila Nurova gilamga tushadi.
O’zA