TO‘RABEK POLVON – JAHON CHEMPIONI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekistonlik iqtidorli polvon To‘rabek Tirkashev yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz To‘rabek Tirkashev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasidan ma’lum qilinishicha, nufuzli musobaqaning yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida qatnashgan hamyurtimiz litvalik Aystis Laugminas, gruziyalik Georgiy Mepishvili, qozog‘istonlik Sulton Oljas, yarim finalda yaponiyalik Kaito Inaba, hal qiluvchi bahsda turkiyalik Kerem Kamolni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
To‘rabek uchun joriy yilgi sport mavsumi omadli keldi. U iyun oyida Hindistonda o‘tgan Osiyo chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medal bilan taqdirlangan edi.
O‘zA