TOG‘ QO‘YNIDA EKOFESTIVAL
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Chimyon sadosi – 2016” xalqaro ekologik sayyohlik festivali bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Ekologik harakati, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari ekoforumi, O‘zbekiston ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, “Rodnichok” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan festivalda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari, sohaga ixtisoslashgan tashkilotlar vakillari, olimlar va yoshlar, chet ellik sayyohlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Sanginov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida sayyohlik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida ekoturizm ham ravnaq topayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-sentabrdagi “2013-2015-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatda turizm infratuzilmasi va xizmati yaxshilanmoqda. Yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochilib, sayyohlar yurtimizning go‘zal joylari, tarixiy obidalari, milliy hunarmandlik an’analari bilan yaqindan tanishtirilmoqda.
Mazkur festival yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, betakror tabiatimiz ne’matlarini asrab-avaylashga o‘rgatish, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Festivalda “Buloqcha” (“Rodnichok”) bolalar ekologik jurnali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida amalga oshirilayotgan “Sog‘lom kelajak uchun” loyihasi doirasida “Tabiatni asraymiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
“Biz – toza Chimyon uchun” ekologik aksiyasida Chimyon hududi turli chiqindilardan tozalandi. Bu yerda dam olayotgan sayyohlar o‘rtasida tabiatni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Festival doirasida o‘tkazilgan “Ochiq osmon ostida ekomaktab” mashg‘ulotlari ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unda bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan qiziqarli o‘yinlar va tanlovlar tashkil etildi.
O’zA