TOJIKISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomiyni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining ba’zi masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotida raisligi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.