TOJIKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2017-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Tojikistan Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan MDH doirasidagi munosabatlar muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Tojikiston Elchisi Sodiq Imomi ishtirok etdi.