Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOKIODA O’ZBEKISTON TAQDIMOTI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOKIODA O'ZBEKISTON TAQDIMOTI

Yaqinda Yaponiya poytaxtining markaziy “Shibakoen” xiyobonida “Tokyo International Festival” xalqaro anjumani bo’lib o’tdi. Ushbu festival doirasida tashkil etilgan O’zbekiston taqdimotida Tokio va Minato shaharlari ma’muriyatlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Kunchiqar mamlakatning madaniyat arboblari hozir bo’ldilar.

Tadbir chog’ida mehmonlar mamlakatimiz tarixi va uning zamonaviy rivojlanishi, o’zbek xalqining madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishdilar. Taqdimot chog’ida Samarqand, Buxoro, Xiva singari ko’hna shaharlar, ular bag’rida joylashgan va mahobati hamda go’zalligi bilan butun jahon sayyohlarining e’tiborini o’ziga jalb qilayotgan me’moriy yodgorliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etish joizki, o’zbek milliy liboslari va xalq amaliy san’ati mahsulotlari ko’rgazmasi yaponiyaliklarda katta qiziqish uyg’otdi. “Guliston” yapon ansambli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan o’zbek ashulalari va raqslari esa tadbirga alohida shukuh bag’ishladi.

“Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida Minato shahrining meri Masaaki Takei Yaponiya va O’zbekiston o’rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanishiga yuqori baho berdi.

— Mamlakatingiz necha-necha asrlar davomida Buyuk Ipak yo’lining chorrahasi sifatida shuhrat qozonib kelgan, - dedi u. - Aynan shu zaminda buyuk alloma va mutafakkirlar dunyoga kelganlarki, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotini ularning xizmatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbekiston bugungi kunda ham Osiyoning eng muhim davlatlaridan biri bo’lib qolmoqda. Mamlakatingiz hatto global iqtisodiy inqiroz sharoitlarida ham o’sishning yuqori sur’atlarini namoyon qilmoqda.

So’nggi yillar mobaynida yaponlarning respublikangizga, uning tarixi, madaniyati va an’analariga bo’lgan qiziqishi yanada ortib borayotgani kuzatilmoqda. O’zbekistonga yo’l olayotgan yapon sayyohlari sonining tobora ko’payayotgani bu fikrni tasdiqlaydi.

Ishonchim komilki, bunday taqdimot marosimlari mamlakatimiz aholisining O’zbekiston haqidagi bilimlarini oshirishga, xalqlarimiz o’rtasidagi o’zaro to’g’ri tushunishning chuqurlashishiga ko’maklashadi.

Minato shahar meriyasining Global jamiyatlar, madaniyat va san’at departamenti direktori Junya Kaku:

— O’zbek xalq amaliy san’ati mahsulotlari va milliy liboslarining namunalari menda katta taassurot qoldirdi. Ular mamlakatning ko’hna va shonli tarixidan guvohlik bergani barobarida ortda qolgan asrlarning madaniy an’analarini ham o’zlarida namoyon etadi.

O’zbekiston - butun jahonga mashhur me’moriy yodgorliklar qaror topgan noyob o’lka. Mamlakatingizning ko’p millatli xalqi esa o’zining mehmondo’stligi va ochiq ko’ngilligi bilan hurmatli nomni qozongan.

“Jahon” AA, Tokio