TOMOKO YOSHIDZUMI: «SHARQ TARONALARI» DUNYO XALQLARI O’RTASIDAGI DO’STLIKNI VA BIR-BIRINI TO’G’RI TUSHUNISHNI MUSTAHKAMLASHGA KO’MAKLASHMOQDA»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Hademay Samarqanddagi mashhur Registon maydonida jahon xalqlarining kuy-qo’shiqlari yana yangray boshlaydi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali bu yil o’ninchi marotaba o’tkaziladi. U bir necha kunlardan keyin dunyoning ellikdan ziyod mamlakatlarining vakillarini o’z atrofiga jamlaydi.
Ushbu muhim tadbir arafasida «Jahon» axborot agentligining Tokiodagi muxbiri «Sharq taronalari»da ishtirok etadigan yaponiyalik san’atkorlar bilan muloqotda bo’ldi.
Tomoko Yoshidzumi, «Nagauta Yoshizumi-kai” musiqa uyushmasining badiiy rahbari:
— Bizning madaniy guruhimiz 9 nafar cholg’uvchidan tashkil topgan. Ular ko’hna «shamisen» musiqa asbobini chalishadi. Samarqand shahrining tarixiy maskani - Registon maydonida bo’lib o’tadigan mazkur nufuzli xalqaro festivalda yapon musiqasini ijro etib, o’z san’atimizni o’zbek xalqiga hamda anjumanning boshqa ishtirokchilariga namoyish etish biz uchun juda katta sharafdir.
O’zbekistonda boy tarix va ko’p millatli madaniyat mavjud. Mamlakatingiz hududi asrlar davomida ilm-fan va ma’rifat o’chog’i sifatida insoniyatga xizmat qilgan. Ko’hna Samarqand ham betakror Sharqning ranglar uyg’unligini o’zida mujassam etgan Buyuk Ipak yo’lidagi tarixiy markaz sifatida Yaponiyada mashhurdir.
«Sharq taronalari» dunyo xalqlari o’rtasidagi do’stlikni va bir-birini to’g’ri tushunishni mustahkamlashga ko’maklashmoqda. Shu bilan birga, mazkur madaniy anjuman O’zbekistonning tarixiy merosini xorijiy ellarda ommalashtirish ishiga ham xizmat qiladi.
Genichi Tsuge, Tokio San’at universitetining faxriy professori:
— Mustaqil rivojlanish yillari davomida O’zbekistonda musiqa san’atini chuqur o’rganish va yanada rivojlantirish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Mamlakatda yosh talantlarni o’qitish uchun e’tiborga molik bo’lgan zamin shakllandi, musiqa va san’at maktablari, madaniyat saroylari barpo etildi, madaniyat va san’at yo’nalishidagi kollej va litseylar tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan va YUNESKO shefe’ligida o’tkaziladigan an’anaviy «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali jahon musiqa san’atining rivojiga bebaho hissa qo’shmoqda. Anjuman turli xalqlar va millatlar vakillarini birlashtirishga, tinchlik va do’stlikni mustahkamlashga hamda O’zbekistonning xalqaro obro’-e’tiborini oshirishga xizmat qilmoqda.
Men bundan o’n yil burun mazkur festivalda ishtirok etishga muyassar bo’lgan edim. Joriy yilda ham ushbu nufuzli madaniy tadbirning ishtirokchilari safidan joy olganimdan behad baxtiyorman. Ishonchim komilki, «Sharq taronalari»ning yubiley anjumani o’ziga xos va yorqin voqyealarga boy bo’ladi.
O’zbekiston Mustaqilligining 24 yilligi arafasida o’zbek xalqini ushbu ulug’ bayram bilan qutlar ekanman, tinchlik, muvaffaqiyatlar va farovonlik tilaklarimni yo’llayotganimdan mamnunman.
«Jahon» AA, Tokio