Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENT – ANDIJON POYEZDI QATNOVI YO‘LGA QO‘YILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENT – ANDIJON POYEZDI QATNOVI YO‘LGA QO‘YILDI

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida qurilishi yakunlangan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali 27-avgust kuni yo‘lovchi poyezdi Toshkentdan Andijonga yo‘l oldi.

Hammaning yuzida xursandchilik. Poyezdga chiqayotgan otaxonu onaxonlar tilidan shukronalik tushmaydi: shu kunlarga yetkazganiga shukr! Mamlakatimiz gullab-yashnayversin. Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin.

Yo‘lovchilar mamlakatimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, xususan, transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashib ketdi.

Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikning ilk yillaridan mamlakatimizning barcha hududlarini yaxlit transport-kommunikatsiya tizimiga bog‘lash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda minglab kilometr yangi temir yo‘llar qurildi, zamonaviy yo‘l infratuzilmasi yaratildi.

Prezidentimiz Islom Karimov 2013-yil 26-aprel kuni xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Angren – Pop yo‘nalishida elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgani, 2016-yilda bu temir yo‘l qurib bitkazilishi va poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.

Ana shu so‘zlarning isboti sifatida qisqa vaqtda 123,1 kilometrlik Angren – Pop temir yo‘li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik Qamchiq tunneli qurib bitkazildi.

2016-yil 22-iyun kuni O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik loyihasi ijrosi bo‘lgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi.

Bu bilan mamlakatimizda yaxlit, mustaqil va zamonaviy temir yo‘l tizimi yaratildi. Ulkan strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur loyiha mamlakatimizning kommunikatsiya va transport sohasida erishgan taraqqiyoti darajasini namoyon etdi.

– 2013-yilning aprel oyida Prezidentimiz xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so‘zladi. Sessiyada men ham qatnashganman, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasining Andijon viloyati bo‘limi kengashi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Tavakkal Topvoldiyev. – Davlatimiz rahbarining Toshkent – Andijon poyezd yo‘li qurilishi haqidagi so‘zlari nainki Farg‘ona vodiysi, balki butun mamlakatimiz ahlining ko‘nglini ko‘tardi. Bugun ana shu gaplarning ijobati, tarixiy voqeaning guvohi bo‘lganimizdan behad baxtiyormiz.

Mazkur yo‘l Farg‘ona vodiysi viloyatlariga poyezdda yuk va yo‘lovchi tashish imkonini beradi. Shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonning chet davlatlarga chiqish va eksport imkoniyatini, yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshiradi.

– O‘n milliondan ziyod aholi yashayotgan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining mamlakatimizning boshqa hududlari bilan transport kommunikatsiyalari ancha chegaralangan edi, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Ummatov. – Sobiq tuzum davrida barcha kommunikatsiya tarmoqlari, avvalambor, transport-logistika aloqasi qo‘shni respublika hududi orqali o‘tar edi. Bu holat avvalo aholi, qolaversa, iqtisodiyot uchun ko‘plab noqulayliklar tug‘dirardi. Odamlarimiz Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan temir yo‘l vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydigan kunlar tezroq kelishini orzu qilardi. Prezidentimiz mustaqillikning ilk yillaridan bu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Dastlab Qamchiq dovoni orqali yangi avtomobil yo‘li qurildi. Bu yil xalqimizning yana bir orzusi ushaldi – temir yo‘l ham foydalanishga topshirildi.

– Bugun xalqimiz, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi ahli uchun katta bayram, unutilmas tarixiy kun, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova. – Men ham ushbu bayramda ishtirok etib, ulkan bunyodkorlik ishlarini ko‘rib, ko‘zlarimga quvonch yoshlari keldi. Mustaqillik sharofati, davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlab amalga oshirayotgan oqilona siyosati tufayli shunday ulkan yutuqlarga erishayapmiz.

...Poyezd Angren, Pop, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlaridan o‘tib, Andijon shahriga yetib keldi. Bu yerda hozir bo‘lganlar mehmonlarni karnay-surnay va gullar bilan kutib oldi.

– Toshkentdan Andijonga zamonaviy poyezdda qulay sharoitda qanday kelganimizni ham sezmay qoldik, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov. – Sobiq tuzum davrida almisoqdan qolgan poyezdlarda qo‘shni respublika orqali ming azob bilan yo‘l bosganimiz yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Bugungi xursandchilik mustaqilligimiz, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar mevasidir! Bu tom ma’noda tarixiy voqeadir.

Andijon temir yo‘l vokzalida ushbu voqea munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi F.Dadaxo‘jayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi O.Ramatov, Namangan davlat universiteti professori T.Fayzullayev, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori S.Foziljonova va boshqalar Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunnelining foydalanishga topshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yanada taraqqiy etishiga, xalqimiz turmush farovonligi bundan-da yuksalib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortishiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Zokirov so‘zga chiqdi.

Shu kuni poyezd Andijondan poytaxtimizga qaytib keldi.

O‘zA