TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIDA "AQLLI O’QUV XONASI" ISH BOSHLADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

25 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ZTE korporatsiyasi homiyligida tashkil etilgan “aqlli o’quv xonasi”ning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur "Smart Classroom" ya’ni, "aqlli auditoriya" tizimi o’qituvchiga talabaning bilim darajasini hisobga olib dars jarayonini tashkil etishga imkon beradi, ZTE multimediali tizimi — kompaniyaning maxsus dasturiy ta’minoti, elektron displey, elektron doska va planshetlar talabalardagi ilmiy salohiyatning rivojlanishini kuzatish hamda baholash, har bir talaba yoki guruh imkoniyatini baholashda alohida testlar ishlab chiqishga yordam beradi.
Masofaviy ta’lim tizimi ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyada chet el universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan aloqalar o‘rnatishga imkon beradi. Har bir dars serverga yoziladi, bu esa talabalar va o‘qituvchilarga har qanday qurilmadan foydalangan holda ma’ruzani ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratadi.
Elektron kutubxona imkoniyatlari tufayli talabalar kitoblardan masofadan turib foydalanishi mumkin, bu esa o‘quv qo‘llanmalar taqsimlanishini ancha tezlashtiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarishda jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lgan ZTE korporatsiyasi O‘zbekistonda 10 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kompaniya ishtirokida yurtimizda ishlab chiqarish bo‘yicha bir necha qo‘shma korxonalar va qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, korporatsiya bugungi kunda elektron ta’limni rivojlantirish sohasida ham o‘z taklif va ishlanmalariga ega.
UzReport