Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENT FOTOSURATLAR UYIDA “QALBGA SAYOHAT” DEB NOMLANGAN KO‘RGAZMA OCHILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENT FOTOSURATLAR UYIDA “QALBGA SAYOHAT” DEB NOMLANGAN KO‘RGAZMA OCHILDI

Toshkent Fotosuratlar uyida yosh rangtasvirchilar Mirali Mahmudov, Saidbek Sobirboyev, Xurshid Ibrohimov va fotograf Hasan Paydoyevning “Qalbga sayohat” deb nomlangan ko‘rgazmasi ochildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning san’atini tomoshabinlarga taqdim etishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtidorli yoshlar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlab, pedagoglik va ijodiy jarayonda faol ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma va tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelayotgan bu iste’dod egalarining o‘ziga xos ijod yo‘li kishini befarq qoldirmaydi.

Yosh rangtasvirchi Mirali Mahmudovning ijodi boy bo‘lib, unda portret, natyurmort, manzara janrlari keng o‘rin topgan. Qoraqalpoq xalqining noyob madaniy merosini chuqur o‘rganish yo‘lida izlanayotgan Saidbek Sobirboyev jozibador ranglar shaydosi, manzara janriga ixlos qo‘ygan Xurshid Ibrohimov chizgilarida o‘ziga xos lirik ohang ustunlik qiladi. Fotograf Hasan Paydoyev esa fotoreportaj janrida ko‘p izlanadi.

– Milliy tasviriy san’atimizning izchil rivojlanishida yoshlar ijodiga e’tibor qaratish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish juda muhimdir, – deydi O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolov. – Chunki ular o‘z asarlarining mazmunini yorqinroq ifodalash, yangi g‘oyalar, dolzarb mavzularni izlash bilan bu sohaga munosib hissa qo‘shmoqda.

Ko‘rgazmada yosh ijodkorlarning 70 dan ortiq asari muxlislar e’tiboriga havola etilgan.

O’zA